Xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashi deputati Kazakov Maqsud tomonidan Ko‘p tarmoqli tibbiy birlashmadagi liftlarni ishlash holati o‘rganildi. O‘rganish jarayonida ushbu liftlar texnik ta‘mirga muhtoj ekanligi aniqlandi. Deputat tomonidan tibbiyot birlashmasi rahbariga, ushbu holat bo‘yicha tushuntirish berish hamda bemorlarga qulay sharoitlar yaratish lozimligi haqida Deputatlik so‘rovi chiqarildi.