Xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengash deputati O‘. Shukurov "Do‘rmonsoy" mahalla mas’ullari, profilaktika inspektori va jamoatchilik faollari bilan birgalikda hududdagi umumiy jinoyatchilik holatini, uning sabablarini o‘rgandi. Tahlil jarayonida ayrim profilaktika ishlaridagi kamchiliklar, aholi o‘rtasida tushuntirish ishlarini yanada kuchaytirish zarurligi belgilandi. Yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklarning oldini olish maqsadida o‘tkazilayotgan sport va madaniy tadbir samaradorligi, profilaktika inspektori va mahalla yettiligi bilan birga muammoli xonadon ro‘yxati, ular bilan individual ishlash jarayoni ko‘rib chiqildi. Jinoyatchilikka qarshi kurashishda jamoatchilik ishtiroki zarurligi ta’kidlandi.
Deputat jinoyatchilikka qarshi kurashishda tizimli yondashuv, mas’ul idoralar o‘zaro hamkorlikni kuchaytirish, profilaktik tadbirlarni amalga oshirish bo‘yicha tavsiyalar berdi.