Yangiliklar

Yettinchi chaqiriq xalq deputatlari Andijon shahar Kengashining 6-sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

 Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashining 6-sessiyasi kun tartibida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-yanvar kungi “2025-yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va
huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-1-sonli qarori ijrosi bo‘yicha jinoyatchilikni oldini olish hamda korrupsiyaga qarshi kurashish masalasi muhokama qilindi. 

  

Sessiyada O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasi raisi A.Eshmuratov, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qo‘mitasi raisi J.Shirinov, xalq deputatlari Andijon viloyat Kengashi raisi O‘.Axunov, xalq deputatlari shahar Kengashining deputatlari hamda ma’sul
tashkilot rahbarlari ishtirok etdilar.  

Slide 1 of 9