Xabaringiz bor, ayni kunlarda butun respublikamiz bo`ylab obodonlashtirish ishlari jadallik bilan amalga oshirilmoqda. Bu ishlarga deputatlar ham oʻz hissasini qoʻshmoqda. Xususan, Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashi deputati Salimboyev Xasan Dilmurodovich tashabbusi bilan obodonlashtirish ishlari tashkil etilib, turli xil mevali va manzarali daraxtlar ekildi.