Joriy yilning 27-mart kuni I.Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Olmaliq filiali huzuridagi akademik litsey kutubxonasida ma'naviy-ma'rifiy ahamiyatga ega bo'lgan "O'zbekiston madaniy merosi jahon to'plamlarida" nomli kitobning taqdimoti bo'lib o'tdi. O`quvchi yoshlarimizni ilmiy salohiyatlarini rivojlantirishga qaratilgan ushbu tadbirda Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashi deputati Uboydullayeva Yulduz Abrorjonovna ishtirok etdi. Taqdimot davomida Y.Uboydullayeva kitoblar haqida yoshlarimizni ilm-fan va madaniyatga mehr qo'yishga, tarixni anglashga, hamda milliy merosimizni qadrlashga undaydi deb o`z fikrini bildirib o`tdi.