Samarobod mahallasida "O‘zsuvta’minot'' AJ boshqaruv raisi o‘rinbosari K.Yusupov, Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashi raisi S.Isoqulov va tuman Xalq qabulxonasi mudiri Sh.Ergashov sayyor qabul o‘tkazishdi. Davlatimiz rahbarining "Mahallalarda tomorqalardan samarali foydalanishni tashkil etish orqali aholi bandligi va daromadlarini oshirishga qaratilgan ishlarni yanada jadallashtirish to‘g‘risida"gi 18-sonli Farmoyishi ijrosini ta’minlash maqsadida o‘tkazilgan qabulda mahalladagi 20 nafarga yaqin fuqaro ishtirok etdi. Mahalla aholisining muammolarini o‘rganish va hal etish maqsadida o‘tkazilgan sayyor qabulda tadbirkorlikni rivojlantirish
yuzasidan kredit ajratish, mahalla binosini qurish, ichki yo‘llarni ta’mirlash, baliqchilik va "Yashil makon" uchun yer ajratish hamda tomorqalarni sug‘orish tizimini tiklash, kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish masalalari yuzasidan murojaatlar kelib tushdi.