Xalq vakillari bo‘lgan deputatlar joylarda o‘zlari saylangan hudud saylovchilari bilan yuzma-yuz muloqot qilish orqali ko‘tarilgan murojaatlarni bartaraf etishda tashabbus ko‘rsatmoqda. Jumladan, Xalq deputatlari Parkent tumani Kengashiga 18-Buloqboshi saylov okrugidan saylangan deputat Karimshikov Sabriddin Azimovichga o`zi saylangan “Bo`rsiliq” MFY fuqarolari hududda toza ichimlik suvi masalasida murojaat etishdi. Deputat S.Karimshikov muammoni tezda o‘rganib chiqib mutasaddi tashkilotga murojaat etildi va “Toshkent viloyati suv ta`minoti” AJ Parkent tuman filiali hodimlari bilan birgalikda muammo xalq vakili yordamida ijobiy hal etildi.