Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashiga 5-Changi saylov okrugidan saylangan deputat Mahkamova Feruza Sa`diyevna o`zi saylangan “Kungay” MFY da bo`lib, tuman Kengashining 2025-yil 27-martdagi VII-9-34-10-141-K/25 sonli qarori bilan Toshkent viloyati Parkent tumani Obodonlashtirish boshqarmasi tasarrufidagi ichki yo`llarni saqlash va joriy ta`mirlash ishlari bo`yicha 2025-yil uchun dastlabki manzilli ro`yxatiga kiritilgan “Kungay” MFY “Novdanak” ko`chasining 1,5 km ichki yo`llarini shag`allashtirish ishlarining bajarilishi o`rganildi. Shuningdek MFY yettiligi bilan mahalladagi yechimini kutayotgan masalalar yuzasidan suhbatlashdi hamda zarur chora-tadbirlar rejasi belgilab olindi.