Xalq Deputatlari Parkent tuman Kengashiga 5-Changi saylov okrugidan saylangan deputat Mahkamova Feruza Sa`diyevna jamoatchilik nazoratini amalga oshirish maqsadida Parkent tumanidagi 44-Oilaviy poliklinikada o‘rganish ishlarini olib bordi. Deputat tomonidan poliklinikada axoliga ambulatoriya xizmati bo`yicha yaratilgan sharoitlar va tibbiy xizmat sifati, sanitareya holati o`rganildi, shuningdek bemorlar bilan suhbatlashildi. O`rganish jarayonida bir qator kamchiliklar aniqlandi. Aniqlangan muammolar yuzasidan mas’ul mutaxassislar bilan gaplashildi va ularni bartaraf etish bo‘yicha jamoatchilik nazorati o`rnatildi.