Xalq vakillari bo‘lgan deputatlar joylarda o‘zlari saylangan hudud saylovchilari bilan yuzma-yuz muloqot qilish orqali ko‘tarilgan murojaatlarni bartaraf etishda tashabbus ko‘rsatmoqda. Jumladan, Xalq deputatlari Parkent tumani Kengashiga 21-Nevich saylov okrugidan saylangan deputat Yoqubova Xusnora Abduxamidovnaga ham o‘zi saylangan “Nevich” MFY fuqarolaridan tushgan murojaat bo`yicha hududdagi “Nevich” oromgohidagi ichimlik suvining istemolga yaroqliligi, hududning tozaligi bo`yicha tuman Sanitariya epidemiologiya osoyishtalik va jamoat salomatligi bo‘limi boshlig‘i bilan birgalikda nazorat tahlil tadbirida ishtirok etdi. Murojaat bo`yicha fuqarolarga tegishli tushuntirishlar hamda tavsiyalar berildi va jamoatchilik nazorati o`rnatildi.