Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Deputat xalqning yordamchisi

Xalq vakillari bo‘lgan deputatlar joylarda o‘zlari saylangan hudud saylovchilari bilan yuzma-yuz muloqot qilish orqali ko‘tarilgan murojaatlarni bartaraf etishda tashabbus ko‘rsatmoqda. Jumladan, Xalq deputatlari Parkent tumani Kengashiga 21-Nevich saylov okrugidan saylangan deputat Yoqubova Xusnora Abduxamidovnaga ham o‘zi saylangan “Nevich” MFY fuqarolaridan hududdagi Jome masjid oldidagi suv quvuri yorilgani bo`yicha murojaat tushdi. Deputat muammoni tezda o‘rganib chiqib, xalq vakilining tashabbusi bilan mutasaddi tashkilotga murojaat etildi va “Toshkent viloyati suv ta`minoti” AJ Parkent tuman filiali hodimlari bilan birgalikda yorilgan suv quvuri ta`mirlanib, aholiga noqulaylik tug`dirayotgan muammo xalq vakili yordamida ijobiy hal etildi. 

Slide 1 of 4