Yangiliklar

Deputat va yoshlar uchrashuvi

Xalq Deputatlari Parkent tuman Kengashiga 13-Istiqbol saylov okrugidan saylangan deputat Mahmudova Baxtinisa Zuxriddinovna “Istiqbol” MFY xududidagi 40-umumiy o`rta ta`lim maktabida, shu maktabning bitiruvchi sinf o`quvchilari va ularning ota-onalari uchun tashkil etilgan tadbirda ishtirok etdi. Bu yig`lishdan ko`zlangan maqsad bitiruvchi sinf o`quvchilarini kasbga yo`naltirish va hozirgi kunda talab yuqori bo`lgan kasb egasi bo`lib tayyorlashdir. Tadbirga Parkent tuman Politexnikumidan o`qituvchilar taklif etildi. Ular yig`ilganlarga Politexnikumda o`qitiladigan yo`nalishlar bo`yicha ma`lumotlar berishdi. Davra suhbati savol-javoblarga boy tarzda tashkil etilib o`quvchilarni va ota-onalarni qiziqtirgan savollariga ma`sullar tomonidan javob berildi. 

Slide 1 of 3