Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Ko‘p qavatli uylarda elektr ta’minoti holati o‘rganildi
янв.21
🏢 Ko‘p qavatli uylar holati va boshqaruv kompaniyalari faoliyati o‘rganildi
янв.21
Mahalladagi soliq inspektori tomonidan unga yuklatilgan masalalarni amalga oshirilishi holati o‘rganildi
янв.21
Jamoat transportining muntazam harakatlanish holati o‘rganildi
янв.21
Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Fuqaro murojaati yashash manzilida o‘rganildi
янв.21
Yoshlar yetakchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Mahalladagi ijtimoiy xodim faoliyati o‘rganildi
янв.21
#Madad NNT bilan hamkorlikdagi tadbirlari
янв.21
Ko‘p qavatli uylardagi liftlarning holati o‘rganildi
TOSHKENT SHAHRIDA ELEKTR TA’MINOTINI YAXSHILASH VA TARMOQLARNI KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORLASH YUZASIDAN SAVOL YO‘LLANDI

#162_ta_eng_muhim_qonun_ijrosi #SAVOL_JAVOB #Sessiya_oldi_organish #19_1_Modda_ijrosi

❗️TOSHKENT SHAHRIDA ELEKTR TA’MINOTINI YAXSHILASH VA TARMOQLARNI KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORLASH YUZASIDAN SAVOL YO‘LLANDI

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Sevara Fayziyeva “Toshkent shahar elektr tarmoqlari” MChJ boshlig‘i A. Ashrafxonovga poytaxtda elektr energiyasi ta’minotining barqarorligini oshirish, eskirgan elektr tarmoqlarini modernizatsiya qilish hamda 2026–2027-yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik masalalari yuzasidan savol yo‘lladi.

🔺 SAVOL: Deputat Sevara Fayziyeva Toshkent shahrida kuz-qish mavsumida elektr energiyasiga bo‘lgan talab ortishini inobatga olib, mavjud elektr tarmoqlari va transformator punktlarini modernizatsiya qilish, eskirgan havo elektr uzatish liniyalarini zamonaviy kabellarga almashtirish hamda elektr ta’minotidagi uzilishlarning oldini olish bo‘yicha qanday ishlar amalga oshirilgani yuzasidan savol berdi. Shuningdek, aholi yashash hududlarida elektr energiyasi ta’minotini yaxshilash, yangi transformatorlarni o‘rnatish va tarmoqlarning yuklamaga bardoshliligini oshirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan qiziqdi.

🗣 JAVOB: “Toshkent shahar elektr tarmoqlari” MChJ boshlig‘i A. Ashrafxonov mazkur masala yuzasidan 2026-yilning uchinchi choragida elektr ta’minoti tizimini rivojlantirish hamda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik doirasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berdi.

⚡️ Jumladan, elektr ta’minotining barqarorligini ta’minlash maqsadida eskirgan elektr uzatish liniyalarini yangilash, transformator punktlarining texnik holatini yaxshilash va mavjud tarmoqlarni modernizatsiya qilishga qaratilgan ishlar olib borilayotgani qayd etildi. Xususan, Uchtepa tumanidagi “Xonto‘pi” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida ma’nan eskirgan havo elektr uzatish liniyalarini zamonaviy SIP kabellariga almashtirish ishlari amalga oshirilayotgani bildirildi.

🏗 Shuningdek, “Paxtakor” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida yangi transformator o‘rnatilgani, mazkur qurilma hududdagi elektr ta’minoti tizimining ishonchliligini oshirishga xizmat qilishi qayd etildi. 2026-yilning uchinchi choragida Olmazor, Yunusobod, Mirzo Ulug‘bek va Shayxontohur tumanlarida yuqori kuchlanishli podstansiyalarni rekonstruksiya qilish va modernizatsiyalash ishlari sababli rejali elektr uzilishlari kuzatilgani ma’lum qilindi.

🔎 Mazkur ishlar elektr tarmoqlarining texnik holatini yaxshilash, mavjud quvvatlardan samarali foydalanish va kuz-qish mavsumida elektr ta’minotining barqarorligini oshirishga qaratilgani ta’kidlandi.

📋 Muhokamada eskirgan elektr uzatish liniyalarini bosqichma-bosqich yangilash, transformator punktlarini modernizatsiya qilish, aholini elektr energiyasi bilan uzluksiz ta’minlash hamda kuz-qish mavsumida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan nosozliklarning oldini olish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 1