Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🏢 Ko‘p qavatli uylar holati va boshqaruv kompaniyalari faoliyati o‘rganildi
янв.21
Ko‘p qavatli uylarda elektr ta’minoti holati o‘rganildi
янв.21
Mahalladagi soliq inspektori tomonidan unga yuklatilgan masalalarni amalga oshirilishi holati o‘rganildi
янв.21
Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Jamoat transportining muntazam harakatlanish holati o‘rganildi
янв.21
Fuqaro murojaati yashash manzilida o‘rganildi
янв.21
Yoshlar yetakchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Mahalladagi ijtimoiy xodim faoliyati o‘rganildi
янв.21
Ko‘p qavatli uylardagi liftlarning holati o‘rganildi
янв.21
#Madad NNT bilan hamkorlikdagi tadbirlari
FAVQULODDA VAZIYATLARNING OLDINI OLISH VA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI

 FAVQULODDA VAZIYATLARNING OLDINI OLISH VA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI

🏛 Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi raisi Shaxnoza Umarxodjayeva boshchiligida hamda tegishli doimiy komissiya a’zolari ishtirokida Olmazor tumani Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi faoliyati yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.

💡 O‘rganish davomida boshqarma faoliyati, navbatchilik tizimi, tezkor chaqiruvlarni qabul qilish va ularga javob berish tartibi hamda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati bilan yaqindan tanishildi.

📍 Ma’lum qilinishicha, xodimlar 24/7 rejimida, uch smenali tartibda faoliyat yuritadi. Dispetcherlik xonasi, 112 qisqa raqamli aloqa tizimi hamda 360 darajali kuzatuv kameralari orqali vaziyatlarni monitoring qilish imkoniyatlari ko‘zdan kechirildi. Favqulodda hodisa yuz berganda, tizimda tegishli signal orqali xabar berilishi va tezkor choralar ko‘rilishi ta’minlanadi.

🔹 Shuningdek, xodimlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, jumladan, sport va trenajor zallari, stol tennisi hamda oshxona faoliyati bilan tanishildi.

🔥 Yong‘in xavfsizligi va profilaktika masalalari ham o‘rganishning muhim yo‘nalishlaridan biri bo‘ldi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 310-sonli qarori ijrosini ta’minlash doirasida BSK kompaniyalari bilan hamkorlikda mahallalarda yong‘inlarning oldini olishga qaratilgan targ‘ibot tadbirlari olib borilayotgani qayd etildi.

🚒 Favqulodda chaqiruvlar vaqtida yong‘in o‘chirish texnikalarini suv bilan ta’minlash tartibi, magistral suv liniyalariga ulanish jarayoni hamda yerosti yong‘in gidrantlarining holati ko‘zdan kechirildi.

📋 O‘rganish davomida “162 ta eng muhim qonun” doirasidagi vazifalar ijrosi, favqulodda vaziyatlarning oldini olish, yong‘in xavfsizligini kuchaytirish va aholi hayoti hamda mol-mulkini muhofaza qilish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

✅ Mazkur o‘rganishdan ko‘zlangan maqsad — favqulodda vaziyatlarning oldini olish, aholi xavfsizligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishish hamda kuz-qish mavsumini osoyishta va xavfsiz o‘tkazishga qaratilgan chora-tadbirlarni qo‘llab-quvvatlashdan iborat.

📺 O‘rganish jarayonlari ommaviy axborot vositalarida ham yoritib borilmoqda.

👇 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!

Slide 1 of 10