Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Ko‘p qavatli uylarda elektr ta’minoti holati o‘rganildi
янв.21
🏢 Ko‘p qavatli uylar holati va boshqaruv kompaniyalari faoliyati o‘rganildi
янв.21
Mahalladagi soliq inspektori tomonidan unga yuklatilgan masalalarni amalga oshirilishi holati o‘rganildi
янв.21
Jamoat transportining muntazam harakatlanish holati o‘rganildi
янв.21
Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Fuqaro murojaati yashash manzilida o‘rganildi
янв.21
Yoshlar yetakchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Mahalladagi ijtimoiy xodim faoliyati o‘rganildi
янв.21
#Madad NNT bilan hamkorlikdagi tadbirlari
янв.21
Ko‘p qavatli uylardagi liftlarning holati o‘rganildi
AL-FARG‘ONIY KO‘CHASINI ASFALTLASHTIRISH MASALASI DEPUTATLIK NAZORATIDA

Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputati, 25-Orolbo‘yi saylov okrugi deputati M.Abdurahmonova Orolbo‘yi mahallasidagi Al-Farg‘oniy ko‘chasida amalga oshirilayotgan asfaltlashtirish ishlari bilan joyiga chiqqan holda tanishdi.

O‘rganish davomida ko‘chada boshlangan asfalt yotqizish ishlari va hududdagi mavjud holat ko‘zdan kechirildi. Mazkur ishlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-oktyabrdagi 665-son qarori asosida Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining 2026-yil 8-iyundagi VII-27-43-11-168-K/26-son qarori bilan tasdiqlangan 2026-yilgi ichki yo‘llarni saqlash va joriy ta’mirlash dasturi doirasida amalga oshirilmoqda.

25-Orolbo‘yi saylov okrugi deputati M.Abdurahmonova tomonidan hududdagi ichki yo‘llar holati o‘rganilib, Al-Farg‘oniy ko‘chasini asfaltlashtirish masalasi deputatlik nazorati doirasida ko‘tarilgan edi. Mazkur masala belgilangan tartibda ko‘rib chiqilib, ichki yo‘llarni saqlash va joriy ta’mirlash dasturi doirasida Kengash sessiyasi muhokamasiga kiritildi. Bugun esa ushbu masalaning amaliy yechimi sari muhim qadam tashlanib, ko‘chada asfaltlashtirish ishlari boshlandi.

Al-Farg‘oniy ko‘chasining asfaltlanishi mahalla ichki yo‘llari holatini yaxshilash, transport harakati uchun qulaylik yaratish hamda aholining kundalik qatnovi bilan bog‘liq muammolarni kamaytirishga xizmat qiladi.

Deputat M.Abdurahmonova tomonidan hududdagi muammolarni o‘rganish, aholi manfaatlariga daxldor masalalarni tegishli tartibda ko‘tarish va ularning amaliy yechimini kuzatib borish orqali deputatlik nazorati izchil davom ettirilmoqda.

Slide 1 of 4