Park va xiyobonlarning obodonlashtirish holati o‘rganildi
📍 Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tuman Kengashi deputati B.Baxovadinov hamda O‘zbekiston Ekologik partiyasi O‘rta Chirchiq tuman Kengashi raisi M.Umarova tomonidan tuman hududidagi parklar, xiyobonlar va bog‘larning bugungi holati o‘rganildi.
🍀 O‘rganish jarayonida mazkur hududlarning obodonlashtirilganlik darajasi, tozalik va sanitariya holati, mavjud yashil hududlarni asrash hamda ko‘kalamzorlashtirish ishlari bilan yaqindan tanishildi.
🌳Daraxt va butalarni parvarishlash, yashil maydonlarni kengaytirish, hududlarni mavsumiy gullar va manzarali o‘simliklar bilan boyitish, sug‘orish tizimlarining holati hamda aholi uchun yaratilgan shart-sharoitlarga alohida e’tibor qaratildi.
✅Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tuman Kengashi kotibiyati axborot xizmati!