#biriktirilgan_tashkilot
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining Agrar, qurilish, kommunal sohalar, ekologiya, sanoat va transport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi o‘rinbosari Z.Turdiyev, tuman Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bo‘limi boshlig‘i K.Xudayqulov hamda tuman hokimining birinchi o‘rinbosari R.Niyatov ishtirokida hududlarda aholi bandligini ta’minlash, fuqarolarni tadbirkorlikka jalb etish va kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar joyiga chiqib o‘rganildi.
O‘rganish davomida mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish, aholini doimiy daromad manbai bilan ta’minlash hamda tadbirkorlik faoliyatini boshlash istagidagi fuqarolarga amaliy ko‘mak ko‘rsatish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Aniqlangan masalalar yuzasidan mas’ullarga tegishli vazifalar belgilab berildi.
🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Veb-Sayt| Facebook|instagram |You tube|