O‘rganish davomida mahalla raisining hududdagi ishlarni tashkil etishi, fuqarolar bilan bevosita muloqot olib borishi, mavjud ijtimoiy masalalarni aniqlashi hamda ularni bartaraf etish borasidagi faoliyati ko‘rib chiqildi.
Shuningdek, mahalla raisining qonunchilikda belgilangan huquq va majburiyatlarini amalga oshirishi, aholi murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqishi, fuqarolarning manfaatlarini himoya qilishi va jamoatchilik bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yishiga alohida e’tibor qaratildi.
Tahlil yakunlari asosida mahalla faoliyatini yanada samarali tashkil etish, aholi bilan ishlash sifatini oshirish, murojaatlar bilan ishlash tizimini kuchaytirish hamda Qonun talablariga rioya etilishini ta’minlash bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.
Mazkur tadbirning asosiy maqsadi — mahallalarda qonun ustuvorligini mustahkamlash, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini takomillashtirish va aholining qonuniy huquq hamda manfaatlarini ta’minlashdan iborat.
Mahalla — fuqarolarning kundalik hayoti bilan chambarchas bog‘liq bo‘lgan muhim bo‘g‘in. Shu sababli mahalla faoliyatining qonuniylik va samaradorlik tamoyillari asosida yo‘lga qo‘yilishi muhimdir.