Yangiliklar

#jarayon

O‘rta Сhirchiq tumani "Taraqqiyot" mahallasidagi ixtisoslashtirilgan maktabda "OITS – asr vabosiga qarshi kurashish hammamizning burchimiz" shiori ostida mutaxassislar ishtirokida profilaktik tadbir o‘tkazildi. Tadbirda Xalq deputatlari O'rta Chirchiq tuman Kengashi deputati D.Ataxodjaeva ham ishtirok etdi.

Tadbirning asosiy maqsadi — aholining, ayniqsa yoshlarning, OITS infeksiyasi xavfi haqida xabardorligini oshirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish va kasallikning oldini olish bo‘yicha tushunchalarni mustahkamlashdan iborat bo‘ldi.                                                                   

Xalq deputatlari O'rta Chirchiq tuman Kengashi!

Slide 1 of 1