Yangiliklar

#jarayon

#jarayon

Deputat tomonidan maktabgacha ta’lim muassasasining issiqlik tizimi o‘rganildi

️Bugun deputat B.Baxovadinov tomonidan tumandagi maktabgacha ta’lim muassasasida issiqlik tizimining holati o‘rganildi. Tashrif davomida bog‘cha binosining qish mavsumiga tayyorgarlik jarayonlari, xonalar harorati, isitish qozonxonasi, quvurlar hamda energiya tejamkorligi bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi.

Deputat tomonidan mazkur yo‘nalishdagi nazorat ishlari davom ettirilishi, qish mavsumida ta’lim muassasalarida issiqlik ta’minoti uzluksiz bo‘lishi ustuvor vazifa ekani ta’kidlandi.

Xalq deputatlari O'rta Chirchiq tuman Kengashi!

Slide 1 of 1