O‘rta Chirchiq tuman deputatlari "Yurakdan yurakkacha" nomli inklyuziv ko‘rgazmasida
Nurafshon shahridagi Yoshlar markazida 3-dekabr — Xalqaro nogironligi bor shaxslar kuni munosabati bilan tashkil etilgan "Yurakdan yurakkacha" nomli inklyuziv ko‘rgazma bugun ham davom etmoqda.
Tadbirda O‘rta Chirchiq tumani hokimi Ixtiyor Kasimov, deputatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlar rahbarlari, korxona va tashkilotlar rahbarlari, mahalla yettiligi, imom-xatiblar, ta'lim muassasalari rahbarlari hamda tuman keng jamoatchiligi ishtirok etdi.
Ko‘rgazma doirasida imkoniyati cheklangan shaxslar, shuningdek, viloyatdagi maxsus internat maktablarida tahsil olayotgan nogironligi bor bolalar tomonidan yaratilgan amaliy san’at namunalari sotuvi ham tashkil etilgan.
Xalq deputatlari O'rta Chirchiq tuman Kengashi!