Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi deputati Jaloliddin Jamuradovning 2025-yilning uchinchi choragidagi faoliyati yuzasidan saylovchilarga axboroti
Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi 21-Nurli kelajak saylov okrugi deputati Jaloliddin Jamuradov 2025-yilning uchinchi choragida amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha saylovchilarga axborot berdi. Tadbirda Nurli kelajak mahalla yettiligi, faollari hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
Uchrashuv yakunida deputat aholining fikr va takliflarini diqqat bilan tinglab, barcha murojaatlar amaliy hal etilishi, tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovlari yuborilishi va jarayon to‘liq nazoratga olinishi haqida ma’lum qildi. Mahalla faollari esa deputatning uchinchi chorakdagi faolligini yuqori baholab, Kengash va mahalla o‘rtasidagi hamkorlik yanada kuchayishiga ishonch bildirishdi.