Yangiliklar

Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi deputati D.Xasanova hamda tuman Kengashi kotibiyati mudiri I.Masharipov tumandagi 41-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi ishchi-xizmatchilari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuv davomida:

🔹 maktab infratuzilmasini yaxshilash masalalari,

🔹 ishchi-xizmatchilarning mehnat sharoitlari,

🔹 mavjud muammolar va ularni bartaraf etish bo‘yicha takliflar muhokama qilindi.

Shuningdek, tadbirda O‘zbekiston Respublikasining Сhiqindilar to‘g‘risidagi 362-son qarorining mazmun-mohiyati tushuntirilib, ayniqsa:

* chiqindilarni to‘g‘ri saralash,

* ekologik madaniyatni oshirish,

* maktab hududida tozalikni tizimli ta’minlash kabi masalalarga alohida to‘xtalib o‘tildi.

Uchrashuv ochiq muloqot ruhida o‘tdi va xodimlarning taklif hamda muammolarini tinglashga alohida e’tibor qaratildi.

Slide 1 of 1