Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Munosabatlar o'zaro ishonchga asoslangan

Munosabatlar o'zaro ishonchga asoslangan

O‘zbek — venger aloqalarining dinamikasi va ko‘p qirrali hamkorlikka bo‘lgan intilish qisqa muddatda mamlakatlarimiz o‘rtasidagi ikki tomonlama munosabatlarni kengaytirilgan strategik sheriklik darajasiga olib chiqdi.

Prezidentimiz uchrashuvdagi nutqida iqtisodiy sheriklikni kengaytirish maqsadida qator ustuvor yo‘nalishlarni ko‘rsatib o‘tdi. Qo‘shma loyihalarni birgalikda moliyalashtirish va tayyor mahsulotlarni uchinchi mamlakatlarning istiqbolli bozorlariga eksport qilishni qo‘llab-quvvatlash masalalariga alohida urg‘u berildi.

Shuningdek, Vengriya kompaniyalarining qo‘shma loyihalarni amalga oshirishga qiziqishi yuksak baholandi. Ikki mamlakat ishbilarmon doiralari o‘rtasidagi mustahkam aloqalarni rivojlantirish uchun barcha sharoitlar yaratilishi alohida ta’kidlandi.

Xalq deputatlari O'rta Chirchiq tuman Kengashi deputati - Musaeyev Yoqubjon Mamadaminovich