O'rta Chirchiq tuman Kengashi kotibiyati mudiri Baxtiyor Baxovadinov tomonidan yoshlarga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-apreldagi “Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha belgilangan ustuvor vazifalar ijrosini samarali tashkil etishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 71-sonli farmoni qabul qilinligi, mazkur farmonning 2-ilova 27-bandida korrupsiyaga qarshi kurashish umummilliy vazifa ekanligi, korrupsiyaga nisbatan murosasiz bo‘lish hamda bu borada mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, tinchlik va barqarorlikni qadrlash, to‘y-hasham, ma’raka va marosimlarda ortiqcha isrofgarchilikka yo‘l qo‘ymaslik, halollik, shukronalik bilan hayot kechirish muhimligiga alohida e’tibor qaratish kerakligi to‘g‘risida tushuntirish ishlari olib borildi.