O‘rtasaroy" mahalla fuqarolar yig‘ini xududidagi 67-umumiy o‘rta ta’lim maktabida UCH AVLOD" uchrashuvi tadbiri bo‘lib o‘tdi,
Tadbirda "Nuroniy" jamg‘armasi tuman bo‘limi, tuman Xalq deputatlari tuman kengash deputalari, tuman IIB hodimlari xamda mahalla nuroniylari, yuqori sinf o‘quvchilari va ularni ota onalar qatnashdi.
Tuman deputati Sh.Radjapov so‘zga chiqib, Jinoyatchilikni oldini olishda, yoshlar tarbiyasida ota-otaning o‘rini haqida gapirildi.
Tadbir davomida yoshlarni har hil diniy oqimlarga, jinoyat yo‘liga kirib qolmasliklari, ayniqsa telefonda internet tarmoqlari orqali turli hil aldamchi o‘yinlarni o‘ynamasliklarini, intizomli bo‘lish, yuksak bilimli, ma’naviyatli, ona yurtga sadoqatli, haqiqiy vatanparvar insonlar bo‘lishlari, tinchligimizni qadriga yetish, Vatan tinchligi, farovonligi va ravnaqi uchun o‘z xissasini qo‘shadigan munosib farzandlar bo‘lib voyaga yetishlari lozimligini ta’kidlab o‘tildi.