Yangiliklar

Tuman hokimi Xabibullo Bozorov deputat sifatida Yangi shahar mahallasida bo‘ldi


Tuman hokimi Xabibullo Bozorov deputat sifatida Yangi shahar mahallasida bo‘ldi

Uzun tumanida kambag‘allikni qisqartirish, aholi bandligini ta’minlash va oilalar daromadlarini oshirishga qaratilgan manzilli chora-tadbirlar izchil davom ettirilmoqda.

Shu munosabat bilan, xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi deputati Xabibulla Bozorov Yangi shahar mahallasida yashovchi, ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalar xonadonlarida bo‘lib, ularning turmush sharoiti, ijtimoiy muammolari hamda mavjud imkoniyatlarini atroflicha o‘rgandi.

O‘rganishlar yakunida har bir oilani kambag‘allikdan chiqarish, ularning bandligini ta’minlash va barqaror daromad manbaini yaratish bo‘yicha mas’ullarga aniq, manzilli vazifalar belgilab berildi va ularning ijrosi nazoratga olindi.