Kambag‘allik va bandlik masalalari bo‘yicha shtab faoliyati o‘rganildi
Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi deputatlari, Kengashning Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi hamda Kengash kotibiyat mudiri tomonidan tuman hokimligida tashkil etilgan Kambag‘allik va bandlik masalalari bo‘yicha shtab faoliyati o‘rganildi.
O‘rganish davomida shtab tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar, fuqarolar murojaatlarini ko‘rib chiqish, aholi bandligini ta’minlash, kambag‘allikni qisqartirish hamda aholining daromadlarini oshirish borasidagi chora-tadbirlarni ng ijrosi tahlil qilindi.
Shuningdek, mavjud muammolarni aniqlash, ularni bartaraf etish va hududda bandlikni ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarni yanada takomillashtirish yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.