Yangiliklar

Aholi bandligi va muammolari e’tiborda: Kengash kotibiyati xodimi Sh.Ergasheva Oqostona mahallasida bo‘ldi

✅Aholi bandligi va muammolari e’tiborda: Kengash kotibiyati xodimi Sh.Ergasheva Oqostona mahallasida bo‘ldi

Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi Sh.Ergasheva tomonidan 18-Oqostona saylov okrugiga qarashli Oqostona mahallasida bo'lib, aholi bandligini ta’minlash, fuqarolarning mehnat faoliyati bilan shug‘ullanish imkoniyatlari hamda mavjud muammolar yuzasidan o‘rganish olib borildi.

O‘rganish davomida mahalladagi ishsiz fuqarolarni bandlikka jalb etish, mavjud bo‘sh ish o‘rinlari va aholi uchun yaratilayotgan mehnat imkoniyatlari holatiga alohida e’tibor qaratildi.