Yangiliklar

Xalq deputatlari Oqoltin tuman Kengashi

 Xalq deputatlari Oqoltin tuman Kengashi raisi Sh.Eshbayev hamda kotibiyat mudiri N.Turdiyevlar tomonidan navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritilgan masala yuzasidan A.Navoiy MFYda o‘rganish ishlari olib borildi. Jarayonda mahallaning xotin-qizlar faoli bilan suhbatlashilib, hududdagi ijtimoiy muammolar atroflicha muhokama qilindi. 

O‘rganish davomida eng muhim masalalardan biri — ajrimlar sonining ortib borayotgani alohida e’tiborga olindi. Xususan, o‘tgan yilning 1-choragida 2 ta ajrim holati
qayd etilgan bo‘lsa, joriy yilning shu davrida ushbu ko‘rsatkich 3 taga yetgani aniqlandi. 

Mazkur holat yuzasidan mutasaddilar tomonidan ajrimlarning oldini olish, oilaviy muhitni mustahkamlash, xotin-qizlar va oilalar bilan manzilli ishlashni kuchaytirish zarurligi ta’kidlandi. Shu bilan birga, bu borada tizimli choralar ko‘rish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi. 

  Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi kotibiyati.  

Slide 1 of 3