📌Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi kotibiyati mudiri N.Turdiyev tomonidan “Ko‘rkam diyor” mahalla yettiligi bilan hamkorlikda hududdagi mavjud muammolar yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.
📷O‘rganish jarayonida mahalla yettiligi tomonidan hududda jinoyatchilikning oldini olish, fuqarolar xavfsizligini ta’minlash maqsadida 4 ta kuzatuv kamerasini o‘rnatish hamda mavjud 1 ta kameraning joylashuvini o‘zgartirish yuzasidan takliflar bildirildi.
📄Bildirilgan taklif va muammolar atroflicha muhokama qilinib, ularni ijobiy hal etish yuzasidan tegishli mutasaddi tashkilotlarga takliflar kiritilishi belgilab olindi. Shuningdek, mahallada osoyishtalikni mustahkamlash, huquqbuzarliklarning oldini olish hamda fuqarolar uchun xavfsiz muhit yaratish borasidagi ishlarni izchil davom ettirish zarurligi ta’kidlandi.
Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi kotibiyati.