📌Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi deputati G.Islamova tomonidan hududlarda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari doimiy e’tiborda.
📄Xususan, O‘zbekiston Respublikasi PQ-93-sonli qarori asosida mukammal ta’mirlanayotgan Ahillik MFY hududida joylashgan 9-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida olib borilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishildi. O‘rganish jarayonida obyekt hududida qurilish-ta’mirlash ishlari sifati, belgilangan muddatlarga rioya
etilishi hamda yaratilayotgan shart-sharoitlar ko‘zdan kechirildi.
📄Shuningdek, mas’ullarga ishlarni sifatli va o‘z vaqtida yakunlash, bolalar uchun zamonaviy va qulay muhit yaratish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.
Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi kotibiyati.