📌 Xalq deputatlari Oqdaryo tumani Kengashi kotibiyati mudiri hamda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Azamat Pardayev "Bozorjoy" mahallasida bo‘ldi.
🔹 Mahalla faollari bilan o‘tkazilgan muloqot davomida hududda aholi soni ortib borayotgani, bu esa ijtimoiy infratuzilmaga bo‘lgan ehtiyojni yanada kuchaytirayotgani ta’kidlandi.
🔹 Xususan, 5 mingdan ziyod aholi istiqomat qiladigan ushbu hududda 38-umumta’lim maktabi mahalla yoshlarini qamrab oluvchi asosiy ta’lim maskani hisoblanadi. Biroq maktabda o‘quv o‘rinlari yetishmasligi hamda qo‘shimcha o‘quv binosiga ehtiyoj mavjudligi qayd etildi.
🔹 Mazkur masalani tegishli mutasaddi tashkilotlar va mas’ullar ishtirokida Xalq deputatlari Oqdaryo tumani Kengashining doimiy komissiyasi sayyor yig‘ilishida muhokama qilish hamda amaliy yechimlar ishlab chiqish bo‘yicha takliflar ilgari surildi.