Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Moliyaviy qarorlar ijrosi yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
Kengash nazorati doirasida o‘rganish ishlari olib borildi 👥 Xalq deputatlari Oqdaryo tumani Kengashi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Byudjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi Oqdaryo tuman bo‘limi faoliyati deputatlik nazorati doirasida o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Samarqand viloyati shahar va tuman Kengashlari kotibiyatlari mudirlari hamda mutaxassislari ishtirokida 30-iyun kuni navbatdagi tanqidiy-tahliliy yig‘ilish o‘tkazildi.
янв.21
Oliy Majlis Senati tashabbusi bilan seminar tashkil etildi
янв.21
Davlat dasturi va “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi ijrosi yuzasidan
янв.21
Deputatlik faoliyatini samarali tashkil etish maqsadida "Deputat kundaligi" topshirildi
янв.21
Kengash kotibiyatiga yaratilgan sharoitlar o'rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Oqdaryo tuman Kengashining yettinchi chaqiriq, yigirma sakkizinchi sessiyasi o‘tkazildi
янв.21
Xalq deputatlari Oqdaryo tumani Kengashi kotibiyat mudiri D.Adilova hamda Kengashning korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi J.Sadullayevlar ishtirokida rejalashtirilgan sessiya kun tartibiga kiritilishi ko‘zda tutilgan masalalar yuzasidan muhokamalar o‘tkazildi.
янв.21
“Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonun talablari asosida Xalq deputatlari Oqdaryo tumani Kengashi kotibiyati mudiri D.Adilova, tuman hokimiyati yuristkonsulti G‘.Abduhakimov hamda Oqdaryo tumani “Madad” nodavlat notijorat tashkiloti rahbari F.Sahaddinovlar ishtirokida davra suhbati o‘tkazildi.
Xalq deputatlari Samarqand viloyati shahar va tuman Kengashlari kotibiyatlari mudirlari hamda mutaxassislari ishtirokida 30-iyun kuni navbatdagi tanqidiy-tahliliy yig‘ilish o‘tkazildi.

Xalq deputatlari Samarqand viloyati shahar va tuman Kengashlari kotibiyatlari mudirlari hamda mutaxassislari ishtirokida 30-iyun kuni navbatdagi tanqidiy-tahliliy yig‘ilish o‘tkazildi.

✅ Xalq deputatlari Samarqand viloyat Kengashi tashabbusi bilan shahar va tuman Kengashlari kotibiyatlari mudirlari hamda mutaxassislari ishtirokida haftalik faoliyat yakunlari hamda joriy haftadagi ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan tanqidiy-tahliliy yig‘ilish Zoom platformasi orqali o‘tkazildi.

🇺🇿 Yig‘ilishni Xalq deputatlari Samarqand viloyat Kengashi kotibiyati mudiri S. Usmonov olib bordi.

🌀Yig'ilish davomida quyidagi 7 ta topshiriqlar yuzasidan tahlil o'tkazildi.

1. Sessiya kun tartibiga kiritilgan masalani ya'ni hisobot va axborotlari bo'yicha masalani ijro organi vakili bilan birgalikda okruglarda borib o'rganish;

2. Deputatni kundaligini yoki daftarini yuritish hamda amalga oshirilgan ishni telegram kanalda yoritish;

3. 19¹-modda. Xalqm deputatlari Kengashi doimiy va muvaqqat komissiyalarining vakolatlari bo'yicha kunlik qilingan ishlar to'g'risida ma'lumot;

4. 162 ta qonun bo'yicha ishlab chiqilgan savolnomalar orqali o'rganish hamda ularning ijrosi bo'yicha kunlik amalga oshiril;gan ishlarni rasmi bilan yoritish;

5. Deputatlarni tashkilotlarga biriktirish hamda biriktirilgan tashkilotlar bilan birgalikdagi faoliyatini yoritish;

6. Namunaviy doimiy komissiya qarorlarini yozish.
yozilgan qarorlarni ijtimoiy tarmoqda yoritish;

7. Kotibiyat xodimlari okruglarga chiqishi yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.

✅ Yig‘ilish yakunida shahar va tuman Kengashlari kotibiyatlariga aniqlangan kamchiliklarni qisqa muddatlarda bartaraf etish, faoliyat samaradorligini oshirish hamda amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan muntazam ravishda axborot taqdim etib borish bo‘yicha tegishli topshiriqlar berildi.

Slide 1 of 6