🎓 “Uchinchi Renessans poydevori” shiori ostida o‘tkazilgan “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbiri 🎓
Bugun Chorbog‘ mahallasidagi 53-umumta’lim maktabida bitiruvchilar uchun “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbiri yuqori kayfiyatda bo‘lib o‘tdi.
Tadbir “Uchinchi Renessans poydevori” shiori ostida tashkil etilib, unda xalq deputatlari Oqdaryo tumani Kengashi bosh mutaxassisi N.Samandarova hamda mahalla yettiligi vakillari ishtirok etdi. Mehmonlar tomonidan bitiruvchilarga samimiy tilaklar bildirilib, ularning kelajakdagi o‘qish va ishlarida ulkan zafarlar tilandi.
📚 Aziz bitiruvchilar!
Sizlar Yangi O‘zbekistonning ertangi kuni, Uchinchi Renessans bunyodkorlarisiz. Har bir qadamingiz omad va muvaffaqiyatlarga boy bo‘lsin!