Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Mahalla yettiligi ish faoliyati hamda Eksportyor korxona faoliyati o`rganildi.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Azamat Pardayev Oqdaryo tumanida bo‘lib, xalq deputatlari tuman Kengashi deputati R.Xusanov bilan birgalikda Oqdaryo tumani Pichiqchi MFYning mahalla yettiligining ish faoliyati hamda tegishli mas’ullar bilan birgalikda tumandagi eksportyor korxona faoliyati bilan tanishdi.

Jumladan, Oqdaryo tumani Pichoqchi mahallasi hududidagi "Pichoqchi eksport savdo" MCHJning mahsulotlarni qayta ishlab eksportga yo‘naltirish loyihasining bugungi kundagi holati ko‘zdan kechirildi. O‘rganish davomida tadbirkor tomonidan bildirilgan takliflar va muammolari joyida muhokama etilib, mahallada tadbirkorlikni yanada rivojlantirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish bo‘yicha tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 4