Forumda O‘zbekiston Respublikasi Oliy majlis deputati A.Pardayev, xalq deputatlari Oqdaryo tumani Kengashi deputati M.Sayfiddinov hamda tuman yoshlari va mahalla yoshlar yetakchilari faol ishtirok etib, chet tillarini onlayn samarali o'rganish bo'yicha o'zaro tajriba va ko'nikmalarga ega bo'lishdi.
Shundan keyin Oqdaryo tuman yoshlar ishlari bo’limi boshlig‘i M.Musayev tomonidan forum to‘g‘risida yoshlarga tegishli tushunchalar berib, "Ibrat Academy"da "Super Start" dasturi orqali ingliz tilini tezkor o’rganishlari uchun Alisher Sa’dullayevning yoshlar uchun yuborgan vaucherlarini o’z egalariga yetkazdi.