Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Yangiqo‘rg‘on mahallasida sayyor qabul o‘tkazildi

Bugun Oqdaryo tuman hokimining navbatdagi sayyor qabuli Yangiqo‘rg‘on mahallasida bo‘lib o‘tdi. Unda Xalq qabulxonasi mudiri T.Murtazayev, tuman hokimining o‘rinbosari Y.O‘roqova, Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri D.Adilova hamda tuman tashkilot rahbarlari va murojaat bilan kelgan fuqarolar ishtirok etishdi. Sayyor qabul davomida fuqarolarning turli masalalarga oid murojaatlari tinglandi. Murojaatlarning aksariyati joyida muhokama etilib, ijobiy hal etish uchun mas’ullarga biriktirildi. Muddat talab etiluvchi muammolarni o‘rganib, qonuniy yechim topish yuzasidan tegishli mutasaddi tashkilot va idoralariga topshiriqlar berilib, ijrosi nazoratga olindi.

Slide 1 of 5