Tadbirda mahalla faollari, fermerlar va yoshlar faol ishtirok etdi.Olib borilgan ishlar davomida lotoklar begona o‘tlar, loyqa va chiqindilardan tozalanib, suvning erkin oqimi ta’minlandi. Bu esa ekin maydonlariga suv yetkazib berish sifatini yaxshilash, hosildorlikni oshirish hamda yerlarning meliorativ holatini barqaror saqlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Mazkur tashabbus aholi o‘rtasida ekologik madaniyatni oshirish, hududlarni obodonlashtirish va jamoaviy hamkorlikni yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda.