Jumladan, Xalq deputatlari Oltinsoy tumani Kengashi kotibiyati mudiri M. Xujanov, tuman Kengashi deputati Z. Mengnarova, shuningdek, Kengash kotibiyati bosh mutaxassislari hamda “Qumpaykal” mahallasi yettiligi vakillari ishtirokida hududdagi maktabgacha va maktab ta’limi tashkilotlarining holati joyiga chiqib o‘rganildi.
O‘rganish jarayonida ta’lim muassasalarining moddiy-texnik bazasi, ta’lim sifati, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish yuzasidan olib borilayotgan ishlar tahlil qilindi. Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi hamda masalalar deputatlik nazoratiga olindi.
✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati