Yangiliklar

Kotib

Milliy tiklanish demokratik partiyasi Mirzo Ulug‘bek tumani Kengashi qoshida yangi boshlang‘ich partiya tashkiloti (BPT) tashkil etildi. Ushbu tashabbus Mirzo Ulug‘bek tumani Kengashi raisi Madjidova Yakutxon Nabiyevna rahbarligida amalga oshirildi.

Mazkur BPTning tashkil etilishi partiya safini kengaytirish, aholi bilan yaqindan ishlash, joylarda partiya g‘oya va maqsadlarini targ‘ib qilish hamda faoliyat samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.

Yangi tashkil etilgan BPT a’zolari partiya dasturi va ustuvor yo‘nalishlari bilan tanishtirilib, kelgusida amalga oshiriladigan vazifalar belgilab olindi.

Milliy tiklanish demokratik partiyasi o‘z saflarini kengaytirish va jamiyatda faol fuqarolik pozitsiyasini mustahkamlash yo‘lidagi ishlarini izchil davom ettiradi.

Slide 1 of 3