Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Mordonova Munira Jabborovna tomonidan tumanning “Shodlik” mahallasida o‘rganish ishlari olib borildi.
O‘rganish jarayonida mahalla xotin-qizlar faoli tomonidan ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, bandligini ta’minlash, muammolarini o‘rganish va ularni hal etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar atroflicha tahlil qilindi.
O‘rganish natijalari yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi hamda aniqlangan masalalarni ijobiy hal etish bo‘yicha zarur choralar belgilandi.
Mazkur yo‘nalishdagi deputatlik nazorati tadbirlari davom ettiriladi.
Oltinsoy tumani Kengash Axborot xizmati