Xalq deputatlari Guliston tuman Kengashi 13-Birlashgan saylov okrugidan deputat M. Nabiev tomonidan Birlashgan MFYda mahalla xotin-qizlar faoli tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
O‘rganish jarayonida mahallada olib borilayotgan ishlar, xotin-qizlarning muammolarini hal etish, ularning turmush sharoitini yaxshilash hamda ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash borasidagi faoliyat organuldi.
Shuningdek, uy ta’miriga kiritilgan Iqbol ko‘chasi 9-uyda yashovchi Xaitova Gulchehra xonadoniga borilib, uning yashash sharoiti manzilli tarzda o‘rganildi. Suhbat davomida oilaning ehtiyojlari va mavjud muammolari yuzasidan fikr almashilibi.