Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati T.Sattarov tomonidan tumanning “Karsagan” mahallasidagi ichki ko‘cha yo‘llari holati o‘rganildi.
O‘rganish jarayonida hududda muammolar mavjudligi aniqlandi. Mazkur muammolarni bartaraf etish maqsadida tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda, shuningdek fuqarolar hamda deputat homiyligi asosida amaliy ishlar boshlab yuborildi.
Xususan, mahalla hududida ariqlarni betonlash, piyodalar yo‘lakchalarini qurish kabi obodonlashtirish ishlari yo‘lga qo‘yildi. Ushbu ishlar, avvalo, mahalla aholisi, ayniqsa o‘quvchilar uchun xavfsiz va qulay shart-sharoitlar yaratishga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.
✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati