Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati G.Raimova tomonidan Sarmich MFY aholisi bilan sayyor qabul tashkil etdi. Unda tuman prokurori Sh.Salimov, tegishli tashkilotlar mas’ullari ham ishtirok etdi.
Qabulda turli masalalar yuzasidan murojaatlar bildirildi. 4 nafar fuqaro tomonidan 5 ta masala ko‘tarilib, belgilangan tartibda tegishli tashkilot va muassasalarga yuborildi, ijrosi deputat nazoratiga olindi.
Tuman prokurori tomonidan jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, fuqarolarda qonunga hurmat va itoatkorlik hissini mustahkamlash aholining huquqiy ongi hamda huquqiy madaniyatini yuksaltirish bugungi kunning muhim vazifalaridan biri ekani ta’kidlandi.
Deputat tomonidan hududdagi muammolarni tizimli o‘rganish ularni bartaraf etish bo‘yicha tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikdagi ishlar davom ettirilib kelinadi.