Shu maqsadda Xalq deputatlari Surxondaryo viloyat Kengashi deputati A.Oripov, Xalq deputatlari Oltinsoy tuman Kengashi raisi A.Turdiyev, Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri M.Xujanov, tuman Kengashi deputatlari A.Mamatmuratov, N.Choriyeva hamda kotibiyat bosh mutaxassisi I.Roziqovlar tomonidan tumanning “Bo‘ston” mahallasida joylashgan “Yangi O‘zbekiston” istirohat bog‘ining holati o‘rganildi.
O‘rganish jarayonida mazkur istirohat bog‘ida amalga oshirilayotgan obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari ko‘zdan kechirilib, hududni yanada obod va zamonaviy dam olish maskaniga aylantirish yuzasidan tegishli taklif hamda tavsiyalar berildi.