Yangiliklar

DEPUTAT NAZORATI

Xalq deputatlari Oltinsoy tuman Kengashi deputati Mengnorova Zarifa Toshpulatovna va mahalla yettiligi tomonidan tumandagi “Qorliq” mahallasida o‘rganish ishlari amalga oshirildi.

O‘rganish jarayonida mazkur mahalladagi aholi yashash hududi hamda maktabga olib boruvchi yo‘lning holati joyiga chiqib ko‘zdan kechirildi va mavjud kamchiliklar aniqlandi. 

Aniqlangan muammolar yuzasidan tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovi yuborildi.

✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati