Mazkur jarayonda Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashi deputati A.Oripov hamda Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Yu.Hakimovlar ishtirok etib, mahalladagi mavjud holatni atroflicha tahlil qildilar.
O‘rganish davomida mas’ul tashkilotlar, mahalla faollari hamda tegishli mutasaddilar bilan suhbat o‘tkazilib, xotin-qizlarga nisbatan zo‘ravonlik va tazyiq holatlarining oldini olish, huquqbuzarliklarning barvaqt profilaktikasini ta’minlash, shuningdek, ayollarning ijtimoiy himoyasini kuchaytirish bo‘yicha zarur chora-tadbirlar belgilab olindi.
Deputatlar tomonidan mazkur masala doimiy deputatlik nazoratiga olinishi ta’kidlandi.
✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati