Oltinsoy tumani “Qoratepa” mahallasida hududni obodonlashtirish, infratuzilmani yaxshilash hamda aholi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida keng ko‘lamli ishlar boshlab yuborildi.Mazkur jarayonda Oltinsoy tuman hokimi O.Mavliyanov, Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashi deputati A.Oripov hamda Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari Yu.Hakimov va A.Mamatmuratovlar ishtirok etib, olib borilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdilar.
Deputatlar tomonidan hududdagi obodonlashtirish ishlari deputatlik nazoratiga olinib, belgilangan vazifalarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi yuzasidan tegishli mas’ullarga ko‘rsatmalar berildi.
Ta’kidlash joizki, amalga oshirilayotgan mazkur tadbirlar mahalla infratuzilmasini yanada yaxshilash, ko‘chalar va jamoat joylarini tartibga keltirish, aholining yashash sharoitlarini yaxshilashga xizmat qiladi.
✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati