Oltinsoy tuman hokimi Otabek Mavlyanov va Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyat mudiri M.Xujanovlar 1-sonli texnikumga borib, ta’lim muassasasida olib borilayotgan o‘quv-tarbiyaviy jarayon, tayyorlanayotgan mutaxassislik yo‘nalishlari hamda talabalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.
Kuzatish davomida texnikumda o‘quv jarayonining tashkil etilganlik holati, moddiy-texnik baza, o‘quv xonalari va amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazish uchun yaratilgan imkoniyatlar o‘rganildi.
Tuman rahbariga texnikum direktori A.Toshmurodov hamrohlik qilib, ta’lim yo‘nalishlari, o‘quv dasturlari va amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan batafsil ma’lumot berib o‘tdi.
Shuningdek, kelgusida ta’lim sifatini yanada oshirish, bitiruvchilarni mehnat bozori talablariga mos mutaxassislar sifatida tayyorlash bo‘yicha fikr almashildi.